Hamkorlik shartlari

IshYoo bilan ishlaydigan ish beruvchilar, kadrlar agentliklari, banklar va boshqa hamkorlar uchun shartlar. Platformadan foydalanish yoki hamkorlik kalitini olish bilan siz shu shartlarga rozilik bildirasiz.

1. Umumiy qoidalar

IshYoo vositachi platforma

IshYoo ish izlovchi va ish beruvchini bog‘laydi. Mehnat shartnomasi, maosh va ish sharoiti — tomonlar o‘rtasidagi kelishuv; IshYoo ularning tarafi emas.

Shartlarning o‘zgarishi

Shartlar o‘zgarsa, yangi matn shu sahifada e’lon qilinadi. Muhim o‘zgarishlar haqida kabinetda yoki email orqali oldindan xabar beramiz.

2. Ish beruvchilar

Haqiqiy kompaniya va haqiqiy vakansiya

Kompaniya kartasi va vakansiyadagi ma’lumot (lavozim, maosh, manzil, shartlar) to‘g‘ri bo‘lishi shart. Bitta vakansiyani bir necha marta joylash, boshqa kompaniya nomidan e’lon berish mumkin emas.

Taqiqlangan e’lonlar

  • nomzoddan ishga olish uchun pul, garov yoki hujjat so‘rash;
  • moliyaviy piramida, tarmoq marketingi va “tez boylik” takliflari;
  • jinsi, millati, dini yoki nogironligi bo‘yicha kamsitish;
  • qonunga zid faoliyat va kattalar uchun xizmatlar;
  • e’lon o‘rniga reklama, havolalar yoki aloqa ma’lumotlarini tarqatish.

IshYoo’ning huquqlari

IshYoo e’lonni tekshirish, xatosini tuzatish, saytdan olib tashlash yoki qoidani buzgan hisobni bloklash huquqiga ega. Qoida buzilgani uchun olib tashlangan e’lon puli qaytarilmaydi.

Nomzodlar ma’lumoti

Rezyume va aloqa ma’lumotlari faqat ishga olish uchun ishlatiladi. Ularni uchinchi shaxslarga berish, sotish yoki ommaviy xabar yuborishga ishlatish taqiqlangan.

3. To‘lovlar

Narxlar va balans

Xizmatlar narxi kabinetda ko‘rsatiladi. Balans kompaniyaning 7 xonali hisob raqami orqali Click yoki Payme bilan to‘ldiriladi va faqat IshYoo xizmatlariga sarflanadi.

Xizmat qachon ko‘rsatilgan hisoblanadi

Vakansiya nashr bo‘lgan yoki topga chiqarish boshlangan paytdan xizmat ko‘rsatilgan hisoblanadi. Texnik xato bilan noto‘g‘ri yechilgan pul qo‘llab-quvvatlash orqali tekshiriladi va qaytariladi.

Promokod va chegirmalar

Promokod shartlari (muddati, necha marta ishlatilishi) kodni kiritganda ko‘rsatiladi. Promokod naqd pulga almashtirilmaydi.

4. Banklar va API hamkorlar

Kalit faqat IshYoo’dan

API kaliti shartnoma asosida IshYoo bosh administratori tomonidan beriladi va bir marta ko‘rsatiladi. Kalitni sir saqlash hamkor zimmasida; sizib chiqsa, darhol xabar bering — kalit bekor qilinib, yangisi beriladi.

Faqat ruxsat etilgan ma’lumot

Hamkor faqat kalitiga ochilgan bo‘limlarni (maosh statistikasi, mehnat bozori, kompaniyalar, shaxsiy ma’lumot) va faqat kelishilgan IP manzillardan oladi. Statistika anonim: kichik guruhlar ko‘rsatilmaydi.

Shaxsiy ma’lumot — faqat rozilik bilan

Odamning shaxsiy ma’lumoti faqat u aynan shu hamkorga ruxsat bergan bo‘lsa beriladi. Ruxsat bekor qilinsa, hamkor bu odamning olingan ma’lumotini o‘z tizimidan o‘chirishi shart (ro‘yxat API orqali beriladi).

Nazorat

Har so‘rov jurnalga yoziladi: qachon, qaysi manzildan, qanday ma’lumot. Maqsaddan tashqari foydalanish yoki shartlar buzilsa, kalit ogohlantirishsiz bekor qilinadi.

5. Reklama va boshqa hamkorlik

Taklif yuborish

Reklama, ta’lim markazlari, kadrlar agentliklari va boshqa hamkorlik bo‘yicha takliflaringizni sahifa pastidagi email yoki aloqa formasi orqali yuboring.

Savolingiz qoldimi?

Qo‘llanma va savol-javoblarni ko‘ring yoki bizga yozing — ish kunlari tez javob beramiz.