Maxfiylik siyosati

Yangilangan: 30/10/2026

Ish Yoo — ish izlovchilar va ish beruvchilarni bog‘laydigan platforma (sayt va mobil ilovalar). Bu sahifa qaysi ma’lumotlaringizni yig‘ishimiz, nima uchun ishlatishimiz va ular ustidan qanday huquqlaringiz borligini tushuntiradi.

Qanday ma’lumotlar yig‘iladi

Hisob: telefon raqami, ism, parol (faqat shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi). Ish izlovchi: rezyume (mutaxassislik, tajriba, ta’lim, ko‘nikmalar, tillar, kutilayotgan maosh), arizalar va saqlangan vakansiyalar. Ish beruvchi: kompaniya ma’lumotlari, vakansiyalar, arizalar bo‘yicha qarorlar, to‘lovlar (summa va holati; karta ma’lumotlari bizda saqlanmaydi). Qurilma: ilova o‘rnatilgan qurilma identifikatori va nomi, push xabarlar uchun token, tanlangan til. Texnik: IP manzil va so‘rovlar jurnali — xavfsizlik va suiiste’molning oldini olish uchun.

Nima uchun ishlatiladi

Hisobingizni yuritish va kirishni tasdiqlash (SMS kod), ish izlovchi va ish beruvchini bog‘lash, ariza holati haqida xabar berish, to‘lovlarni bajarish, firibgarlik va hujumlardan himoyalanish, qonun talablarini bajarish.

Kim ko‘radi

Ariza yuborganingizda rezyumengizni o‘sha vakansiya egasi ko‘radi; ochiq rezyumeni ish beruvchilar qidiruvda ko‘rishi mumkin (sozlamada yopsa bo‘ladi). Xizmat ko‘rsatuvchilar faqat o‘z ishi uchun kerakli ma’lumotni oladi: SMS yuboruvchi (tasdiqlash kodi), Google Firebase (push xabarlar), Click va Payme (to‘lovlar), hosting provayderi. Ma’lumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz.

Qancha saqlanadi

Ma’lumotlar hisobingiz bor ekan saqlanadi. Hisob o‘chirilganda shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi; qonun bo‘yicha saqlanishi shart bo‘lgan yozuvlar (masalan, to‘lovlar) shaxsingizga bog‘lanmagan holda qoladi. Zaxira nusxalar 2 oygacha saqlanib, keyin o‘chib ketadi.

Huquqlaringiz

Ma’lumotlaringizni ko‘rish va tuzatish (profil va rezyume sahifalarida), hisobni o‘chirish (ilovada: Profil → Hisobni o‘chirish; saytda — quyidagi havola), savol va shikoyat bilan murojaat qilish.

Xavfsizlik

Barcha ulanishlar shifrlangan (HTTPS), parollar shifrlangan ko‘rinishda saqlanadi, ma’lumotlarga kirish faqat kerakli xodimlarga beriladi, kirish urinishlari va so‘rovlar soni cheklangan.

Yosh chegarasi

Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun.

Bog‘lanish

Savollar va so‘rovlar uchun: info@ishyoo.uz. Siyosat o‘zgarsa, shu sahifadagi sana yangilanadi.

Hisobni o‘chirish →