Savol-javoblar

Eng ko‘p beriladigan savollar. Javob topolmasangiz, sahifa pastidagi aloqa orqali yozing.

Umumiy

IshYoo nima?

IshYoo — O‘zbekiston bo‘ylab ish izlovchilar va ish beruvchilarni bog‘laydigan platforma: sayt va mobil ilova.

Foydalanish pullikmi?

Ish izlovchilar uchun hammasi bepul: rezyume, qidiruv, ariza va chat. Ish beruvchi vakansiya joylash va qo‘shimcha xizmatlar uchun to‘laydi — narxlar kabinetda ko‘rsatiladi.

Sayt va ilova hisobi bir xilmi?

Ha. Bir telefon raqami bilan saytga ham, ilovaga ham kirasiz. Bitta raqamda ham ish izlovchi, ham ish beruvchi hisobi bo‘lishi mumkin.

Qorong‘i rejimni qanday yoqaman?

Profilingizda “Ko‘rinish” bo‘limini oching va “Qorong‘i”ni tanlang. “Tizim” tanlansa, telefon yoki kompyuteringiz sozlamasiga qarab o‘zi almashadi.

Ish izlovchilar

Rezyumemni kim ko‘radi?

Ochiq rezyumeni ish beruvchilar qidiruvda topadi; telefoningiz faqat hisobiga kirgan ish beruvchiga ko‘rinadi. Yopiq rezyumeni faqat siz ariza yuborgan ish beruvchi ko‘radi.

Nega chatda yoza olmayapman?

Chat ish beruvchi arizangizga javob bergandan keyin ochiladi. Ungacha arizangiz holatini “Arizalar” bo‘limida kuzating.

Bir nechta rezyume qilsam bo‘ladimi?

Ha, har xil lavozimlar uchun alohida rezyume qiling. Ulardan biri asosiy bo‘ladi.

Hisobimni qanday o‘chiraman?

Profil → “Hisobni o‘chirish”. Parolingizni kiritasiz va hisob o‘chadi: shaxsiy ma’lumotlar ketadi, ish beruvchilar bilan eski yozishmalar ismsiz qoladi.

Ish beruvchilar

Balansni qanday to‘ldiraman?

“Hisob va to‘lovlar” bo‘limidagi 7 xonali hisob raqamini Click yoki Payme ilovasida “IshYoo” xizmatiga kiriting va summani yozing. Pul bir necha soniyada balansga tushadi.

Vakansiya nega nashr bo‘lmayapti?

Nashr uchun lavozim, tavsif (yoki vazifalar/talablar) va ish joyi kerak, maosh “dan” “gacha”dan katta bo‘lmasin. Balans yetmasa, tizim qancha yetishmayotganini aytadi.

Promokod nima beradi?

Kodga qarab bepul nashrlar yoki chegirma. Chegirma faqat to‘lov paytida qo‘llanadi; har kompaniya bitta kodni bir marta ishlatadi.

Vakansiyani vaqtincha to‘xtatsam bo‘ladimi?

Ha, “Pauza” bosing — vakansiya qidiruvdan chiqadi, arizalar to‘xtaydi. “Davom ettirish” bilan qaytaradi.

Xavfsizlik va maxfiylik

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Parollar ochiq holda saqlanmaydi, telefon raqam faqat SMS kod bilan o‘zgaradi. Qanday ma’lumot yig‘ilishi va nima uchun ishlatilishi Maxfiylik siyosatida yozilgan.

“Banklar bilan ulashish” nima?

Profilingizda IshYoo’ga ulangan banklar ro‘yxati bor. Siz ruxsat bermaguningizcha hech bir bank sizning shaxsiy ma’lumotingizni olmaydi; ruxsatni istalgan payt bekor qilasiz.

Firibgar ish beruvchiga duch kelsam-chi?

Oldindan pul so‘ragan, hujjatingizni garovga olmoqchi bo‘lgan yoki shubhali havola yuborgan odamga ishonmang. Chatda “Shikoyat”ni bosing — e’lonni tekshirib, kerak bo‘lsa olib tashlaymiz.

Savolingiz qoldimi?

Qo‘llanma va savol-javoblarni ko‘ring yoki bizga yozing — ish kunlari tez javob beramiz.